Dehlida Oʻzbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi

16:04 02 May 2023 Siyosat
525 0

Safar davomida Oʻzbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari rahbarlari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Mezbon mamlakat mudofaa vaziri Rajnat Singx harbiy sohadagi oʻzaro hamkorlikning bugungi holatini yuqori baholab, oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar koʻpligini qayd etdi.

Muloqot chogʻida turli loyihalarni birgalikda hayotga tatbiq etish, xususan, Termiz harbiy shifoxonasi faoliyatini rivojlantirish, Oʻzbekiston Qurolli kuchlari akademiyasida kompyuter-laboratoriya sinfini jihozlash haqida soʻz yuritildi.

Oʻzbekistonlik harbiy shifokorlar uchun Hindistonning tegishli tibbiyot muassasalarida qisqa muddatli amaliyotlar oʻtkazishning tashkiliy jihatlarini muhokama qilindi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kiberxavfsizlik va boshqa yoʻnalishlarda oʻquv kurslari tashkil etish istiqbollariga eʼtibor qaratildi.Tomonlar oʻzaro manfaatli boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?