Davlatimiz rahbari Bosh qomusimizda oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini rivojlantirish haqida

13:13 20 Iyun 2022 Siyosat
264 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mavzuni davom ettirib:

“Har qanday inson uchun muhim va muqaddas qadriyat – bu uning oilasidir. Sogʻlom va mustahkam oila – davlat tayanchi va jamiyatning asosiy boʻgʻinidir.

Kattaga hurmat, kichikka izzat, odamiylik, mehr-oqibat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat kabi olijanob fazilatlar avvalo oilada qaror topadi.

Bugungi globallashuv zamonida oila institutini har tomonlama himoya qilish, qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish zarurati tobora kuchaymoqda. 

Bosh qomusimizda oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida “oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi”, jamiyatning tabiiy va tayanch boʻgʻini, jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini mustahkamlab qoʻyishni taklif etaman.

Shuning uchun davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishi, koʻp bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar yaratib berishi lozim. 

Shunda oilaning iqtisodiy va maʼnaviy asoslari yanada mustahkam boʻladi” deya taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер