Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga direktor tayinlandi
Hukumatning tegishli qarori bilan Sharipov Farrux Raximovich Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Farrux Sharipov 1969-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1-son Samarqand klinik shifoxonasi shifokor-xirurgi vazifasidan boshlagan.
Keyinchalik 1-son Samarqand klinik shifoxonasi ambulator-xirurgiya markazi boshligʻi, Toshkent viloyati 1-son klinik shifoxonasi bosh shifokorning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, SSV Moddiy-texnik bazani rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshligʻi, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
Shu kungacha u Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tilim “Man Siti” deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi (tahliliy maqola)
- 2024-yilda davlat byudjetiga qancha soliq tushumlari tushgan?
- Oʻzbekistonda nechta OTM bor va ularda oʻqiyotgan talabalarning soni qancha?
- Shaxmat oʻynab qancha topish mumkin? Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda qancha pul ishlab olgani maʼlum boʻldi
- Davlat dasturi loyihasi muhokamasi: konseptual taklif va tavsiyalar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring