Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan imtiyozli toifadagi bemorlarning davolanishi uchun 600 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ toʻlab berildi

Foto: Illustrativ foto
Maryam Qulmatova yoʻllanma asosida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga qoʻltiq tayoqda kelgan edi. Unga yuqori-texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bunga talab etilgan mablagʻ esa davlat byudjeti hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplab berildi. Hozirda Maryam opaning ahvoli yaxshi.
Imtiyozli toifadagi bemorlarning davolanishi uchun 600 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ toʻlab berildi. Birinchidan, shaffof tizim yoʻlga qoʻyildi, ikkinchidan bemorlar xohishiga koʻra, davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalarda davolanish imkoniyati yaratildi. – dedi DTSJ boshqarma boshligʻi Baxtiyor Odilov.
Tuman tibbiyot birlashmalarida tibbiy komissiyalar tashkil etilgan. Oilaviy shifokor imtiyozli toifadagi bemorlarning dastlabki hujjatlarini elektron tizimga yuklaydi. Tuman bosqichidan oʻtgandan keyin, hujjatlar viloyat bosqichida koʻrib chiqiladi. Soʻngra komissiya bemorni viloyatning oʻzida yoki respublika tibbiyot markazida davolanish uchun yoʻnaltiradi – dedi DTSJ boshqarma boshligʻi Shuhrat Almardanov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring