Davlat statistika qoʻmitasi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari haqidagi soʻnggi statistik maʼlumotlarni taqdim etdi

Foto: asiaplustj.info
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari haqidagi dolzarb maʼlumotlar bilan boʻlishdi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar markaziy dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganish natijalariga koʻra 2022-yil 26-yanvar holatiga quyidagi minimal va maksimal narxlar belgilangan:
Suyakli mol goʻshti — 1 kg uchun 45 000 soʻmdan 68 000 soʻmgacha;
Qoʻy goʻshti — 1 kg uchun 54 000 soʻmdan 80 000 soʻmgacha;
Kartoshka — 1 kg uchun 3000 soʻmdan 8000 soʻmgacha;
Piyoz — 1 kg uchun 1500 soʻmdan 4000 soʻmgacha;
Sabzi — 1 kg uchun 1000 soʻmdan 5000 soʻmgacha;
Tuxum — 10 donasi 6000 soʻmdan 14000 soʻmgacha;
Guruch — 1 kg uchun 5000 soʻmdan 17500 soʻmgacha;
Oʻsimlik yogʻi — 1 litri uchun 14 000 soʻmdan 24 000 soʻmgacha;
Shakar — kg uchun 7900 soʻmdan 10500 soʻmgacha.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq oʻtgan yili qancha yengil avtomobil eksport qilingani ochiqlangani hamda Oʻzbekistonda 2021-yilda salkam 108 trillion soʻmga qurilish ishlari bajarilgani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring