Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “ISO37001:2016» xalqaro sertifikatini qoʻlga kiritdi

13:30 25 Avgust 2021 Jamiyat
630 0

Keyingi yillarda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, soliq organlarini xizmat koʻrsatish yoʻnalishiga transformatsiya qilish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng jalb etish natijasida inson omilini cheklab, korrupsiya holatlariga barham berish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va faoliyat shaffofligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilganligi “CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti auditorlari xulosasida ham qayd etildi.

“CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati faoliyatining ISO37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiqligi boʻyicha audit oʻtkazildi. Unda xalqaro standartlar boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Qoʻmita markaziy apparati 14 ta tuzilmasining “ISO37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» boʻyicha ichki idoraviy hujjatlari tahlil qilinib, rahbar va masʼul xodimlar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Shunga asosan, Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari tomonidan qisqa muddat ichida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari xalqaro standartlarga toʻla moslashtirildi.

Auditorlar Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatida “ISO37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi», xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi, rahbar va masʼul xodimlar oʻz xizmat vazifasiga jiddiy yondashishini qayd etdi. Audit yakuniy natijalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha sertifikat berilishini maʼlum qildi.

Joriy yilning 23-avgust kuni “CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha sertifikat topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?