Davlat organlarida “Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi” ishga tushadi

14:43 21 Sentyabr 2022 Jamiyat
249 0

Shu maqsadda vazirlik va idoralar vakillari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn seminarda 200 nafardan ortiq davlat xizmatchilari ishtirok etdi.

Seminarda davlat xizmati va oliy taʼlim oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish, eng salohiyatli bitiruvchilarning davlat organlarida stajirovkasini tashkil etish, istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish orqali yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Davlatimiz rahbari raisligida 4-avgust kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlat organlarida stajirovka oʻtagan qobiliyatli bitiruvchi yoshlarni davlat xizmatiga tanlov asosida qabul qilishga qaratilgan “Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi”ni eʼlon qilish vazifasi belgilangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?