Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (208–son, 20.05.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga masʼul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.
Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi.
Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam boʻlmasligi lozim, kursni tamomlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan oʻtkaziladi.
Malaka oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring