Davlat muzeylariga soat 22:00 gacha xizmat koʻrsatish huquqi beriladi

07:14 30 Iyun 2022 Jamiyat
320 0

Foto: Illustrativ foto

Prezidentning 27-iyun kuni “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan:

— davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha xizmat koʻrsatish huquqi beriladi;

— zaruratga koʻra, davlat muzeylari tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;

— pulli xizmatlar koʻrsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi va ular moddiy ragʻbatlantiriladi;

— davlat muzeylariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.

Davlat tashkilotlari va muassasalari oʻzlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etiladi.

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida, jumladan:

— “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;

— “Daftar”larga kiritilgan fuqarolarning temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari toʻliq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan qoplanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?