Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari vakant lavozimlar uchun tanlovlarda Komissiya aʼzosi sifatida ishtirok etmaydi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova maʼlum qildi.
Joriy yilning 14-iyun kuni holatida, vacancy.argos.uz portalida davlat organlari va tashkilotlaridagi 386 tadan ortiq boʻsh ish oʻrniga ochiq tanlovlar eʼlon qilingan.
Tanlovlar uch bosqichda oʻtkaziladi:
— nomzodlarning arizalarini tegishli malaka talablari boʻyicha oʻrganish;
— test sinovi;
— suhbat.
Tanlovning malaka talablarini oʻrganish bosqichida vakant lavozimlarga qoʻyilgan aniq mezonlar asosida nomzodlar saralab olinadi.
Test sinovi bosqichi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining hududiy filiallarida markazlashgan holda oʻtkaziladi.
Suhbat bosqichi davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etilgan Tanlov komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring