Davlat xizmatchisi ham cheklangan resurs ekanini unutmaslik kerak — Prezident

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda davlat xizmatchilariga talab qoʻyish bilan birga, ular faoliyatining kafolatlari ham kuchaytirilishi taʼkidlandi.
Iqtisodiyotda xususiy sektor oʻsib borayotgani sari, malakali kadrlarga talab oshib bormoqda. Bu raqobatli bozorda davlat xizmati ham jozibador boʻlishi kerak.
“Bitta mutaxassisni tayyorlash uchun qancha-qancha vaqt, mehnat va mablagʻ talab etiladi. Qolaversa, davlat xizmatchisi ham cheklangan resurs ekanini unutmaslik kerak”, dedi Prezident.
Shu bois, xodimning tajribasi, malakasi va erishgan natijasiga qarab ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinishi koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring