Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga hujjat qabul qilish boshlandi

11:24 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
634 0

Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizik xizmati Akademiyasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganligini eʼlon qildi.

Xabarda aytilishicha, tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoki oʻtayotgan,
shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan, boʻyi 170 sm dan past boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun dxx.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10-noyabr sanasiga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Roʻyxatdan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma yuqoridagi veb-saytda keltirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?