Davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olindi
Agentlik tomonidan davlat xaridlari sohasida oʻtkazib kelinayotgan oʻrganishlar jarayonida Parkent tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 1,28 mlrd soʻmlik, Yangiqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 850,0 mln soʻmlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Maʼlumot oʻrnida: Parkent tuman yoʻllardan foydalanish UK buyurtmachiligidagi davlat xaridi 2023-yil 11-sentyabr kuni “Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi 4 K 719 yoʻlning Yangibozor q.-Qirgʻizovul q.-Achchiqsoy q.-Parkent sh.” 6-21 km qismini joriy taʼmirlash, Yangiqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish Uk unitar buyurtmachiligidagi davlat xaridi esa 2023-yil 23-avgust kuni koʻpriklarni taʼmirlash xizmati koʻrsatish yuzasidan oʻtkazilgan.
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, mazkur davlat xaridlari raqobat va xolislik prinsipi, manfaatlar toʻqnashuvi, xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari, Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari va davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlarga zid tarzda amalga oshirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablariga amal qilinmagan.
Oʻrganish mobaynida, xususan, xaridlarda ishtirok etgan talabgorlarning hujjatlari xarid komissiyasi aʼzolari foydalangan qurilmalar (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklanganligi hamda affillangan shaxslar xarid jarayonidan chetlashtirilmasdan gʻolib deb topilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar boʻyicha (bayonnoma tasdiqlangan kunning oʻzida) xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachilarga taqdimnomalar kiritildi va toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.
Agentlikning taqdimnomasiga binoan har ikki korxona tomonidan xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilinishi taʼminlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring