Davlat xaridlari tanlovlarida eng koʻp qonun buzilish holatlari Andijon, Samarqand va Jizzaxda aniqlandi

00:40 18 Iyun 2021 Iqtisodiyot
591 0

Avvalroq, ikki oy ichida 100 mlrd soʻmlik davlat xaridlari tanlovlarida qonun buzilgani haqida xabar bergan edik.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, shundan, Andijonda 20,0 mlrd. soʻmlik (51 ta), Samarqandda 12,8 mlrd. soʻmlik (52 ta), Jizzaxda 8,3 mlrd. soʻmlik (20 ta), Buxoroda 7,3 mlrd. soʻmlik (33 ta), Qashqadaryoda 7,2 mlrd. soʻmlik (20 ta), Surxondaryoda 7,9 mlrd. soʻmlik (30 ta), Xorazmda 5,3 mlrd. soʻmlik (18 ta), Navoiyda 5,2 mlrd. soʻmlik (16 ta), Namanganda 2,6 mlrd. soʻmlik (11 ta), Fargʻonada 2,0 mlrd. soʻmlik (10 ta), Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3,4 mlrd. soʻmlik (11 ta) va Toshkent shahrida 19,5 mlrd. soʻmlik (51 ta) tanlovlar boʻyicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi maʼlum boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?