Davlat idoralarida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi oʻrganilmoqda

17:43 12 Sentyabr 2022 Siyosat
586 0

Foto: Arxiv surat

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, shuningdek ular mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun shart-sharoitlar yaratilganligi holati oʻrganildi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha jami 994 ta qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, oʻrganish maʼlumotnomasi tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Sogʻliqni saqlash vaziriga yuborildi.

Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf qilish hamda aybdorlarga nisbatan tegishli choralarni koʻrish maqsadida Sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari nomiga 14 ta taqdimnoma kiritildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari kiritilgan taqdimnomalarni koʻrib chiqishi natijalari boʻyicha:

— 27 nafar xodimlarning mehnatiga haq toʻlashga oid buzilgan huquqlari tiklandi;

— 5 ta noqonuniy buyruqlar bekor qilindi;

— 19 ta holatda mehnat taʼtillarini berish bilan bogʻliq kamchiliklar bartaraf etildi;

— 301 nafar boshqaruv xodimlarning yaqin qarindoshlari, ish stajlari va mutaxassisliklari boʻyicha maʼlumotlari toʻliq «YAMMT» IDAKga kiritildi;

— 29 ta vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar eʼlon qilinib, shundan 6 tasi boʻyicha tanlov jarayonlari toʻliq yakuniga yetkazildi.

Faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 15 nafar aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi. Shundan 1 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi va 14 nafariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Oʻrganish ishlari boshqa vazirlik va idoralarda ham davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?