Davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi
Illyustrativ foto
Farmon bilan (PF-159, 13.09.2023 y.) Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Shunga ko‘ra, davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari (ota-onasi, halok bo‘lgan vaqtda qonuniy nikohda bo‘lgan xotini (eri) va farzandlari).
Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra:
Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganda, uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy-ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Mazkur nafaqa 2023 yil 1 apreldan keyingi davrda halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring