Davlat boshqaruvi organlari kosmik suratlar bilan taʼminlanadi

“Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–429-son, 23.11.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan taʼminlash, shuningdek, kosmik texnologiyalarni qoʻllash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyiladi.
2023-yil 1-fevralgacha davlat kosmik monitoringi oʻtkaziladigan sohalarga oid davlat kadastrlari maʼlumotlari “Elektron hukumat”ning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali taqdim etish boʻyicha oʻzaro integratsiya qilinadi.
Qarorga koʻra shuningdek, Oʻzbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan sunʼiy yoʻldosh orqali ishlovchi mobil qurilmalar va terminallarni roʻyxatga olish tartibi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring