Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korrupsiyaga qarshi faoliyati mutasaddi tashkilot tomonidan “qoniqarli” baholandi

09:52 29 Iyul 2022 Jamiyat
275 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Agentlik direktori oʻrinbosari Qahramon Hakimov maʼlum qildi.

Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha

ISO 37001 xalqaro standarti joriy qilinib, unga tegishli “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” sertifikatini qoʻlga kiritildi.

Agentlik mazkur standartning talablarini tatbiq etish doirasida, oʻz tizimida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi va uning asosida bir qator hujjatlar qabul qilindi. Natijada Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha harakatlar qonuniy tartibga solindi.

Oʻz navbatida, Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida ish samaradorligini oshirish maqsadida Agentlikning barcha hududiy boshqarmalarida va idoraviy mansub tashkilotlarida Ichki nazorat va komplayens xizmati boʻlinmalari tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?