Dastlabki kelishuv: Fargʻonaga Turkiyadan zamonaviy avtobuslar olib kelinadi

12:55 14 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
353 0

Fargʻona viloyat transport boshqarmasi vakillari hamda Fargʻona va Qoʻqon shaharlarida transport sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar Turkiyaning “Anadolu Isuzu” zavodida boʻlib turibdi.

Vakillarimiz “Anadolu Isuzu” zavodida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda avtobuslarning sifati bilan tanishdi. Kompaniya rahbarlari bilan oʻtkazilgan muzokaralarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Xususan, 1965-yilda tashkil etilgan hamda bugungi kunda asosan shahar ichi, shaharlararo hamda turizm avtobuslari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu zavod avtobuslari kelgusida mamlakatimizga, jumladan, Fargʻona viloyatiga ham olib kelinadi. Bu esa aholiga sifatli transport xizmati koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maʼlumot uchun, “Anadolu Isuzu” zavodi 1983-yildan beri Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Uch qitʼaning 26 mamlakatiga oʻz mahsulotlarini eksport qilib kelayotgan ushbu korxona avtobuslari, 2003-yildan beri Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozoriga ham keng sotiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?