Daraxtlarni beton, yoritkich va reklama bannerlaridan tozalash davom etmoqda

14:28 01 Avgust 2023 Jamiyat
363 0

Ayni damda respublika miqyosida “Daraxtga nafas bering” ommaviy tadbirlari davom etmoqda.  Maqsad daraxtlarning yashovchanligi taʼminlash, ularni asrab qolishdir.

Tadbir doirasida daraxtlarning tag qismi betondan tozalanmoqda. Shuningdek, daraxtlardan turli yoritkich va reklama bannerlari ham olib tashlanmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida 2000 ga yaqin daraxt betondan, 1000 ga yaqini esa yoritkich va reklama bannerlaridan tozalandi.  Samarqandda 600 ga yaqin daraxt betondan, yana 600 ga yaqini yoritkichlar va reklama bannerlaridan xalos qilindi. 

Shu paytga qadar respublika boʻyicha 7000 dan ortiq daraxtlar qutqarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?