Daraxt koʻchati parvarishi boʻyicha koʻrsatma talablarini toʻliq bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxsga 311 mln. soʻm miqdorda jarima qoʻllanildi

AOKAda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
2021-yil kuz va joriy yil bahor mavsumida jami 213 mln. dona manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlari ekilishi tashkil etildi (maʼlumot uchun 2021-yil kuzda 86 mln. dona, joriy yil bahor mavsumida 127 mln.dona).
Shuningdek, respublikadagi yirik, oʻrta va kichik mahallalarda jami 70 mln. 800 ming dona hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yoqalariga 72 mln. 500 ming dona terak koʻchat va qalamchalari ekildi.
Sugʻorish tizimini yaxshilash boʻyicha 238 ta quduqlar qazildi.
Hududlarda ekilgan daraxt va butalarni sugʻorish, parvarish va muhofaza qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirildi.
Bundan tashqari, tuman (shahar)larda mavjud 740 ta suv tashish avtotransportlari koʻchatlarni sugʻorish ishlariga jalb etildi.
Barcha masʼul tashkilotlarga daraxt koʻchatlarini parvarishlash boʻyicha 10 577 ta majburiy koʻrsatmalar berilib, koʻrsatma talablarini lozim darajada bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 311 mln. soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.
Aholi yashash va boshqa hududlarda koʻkalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, aholi punktlarida “yashil bogʻlar”, daraxtzor va butazorlarni barpo etish, qayta tiklash va parvarish qilish ishlarini samarali amalga oshirish hamda sugʻorish tizimi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Bunda:
Birinchidan, Sugʻorish tizimini tashkil etish, mavjud sugʻorish tizimlarini taʼmirlash va suv tashish avtotransportlarini koʻchatlarni sugʻorish ishlariga doimiy ravishda jalb etish.
Ikkinchidan, Ekilgan koʻchatlarni parvarish qilish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda 9 349 ta mahallalardagi shakllangan “Daftar”larga kiritilgan va boshqa ishsiz fuqarolarni jalb qilib, masʼul shaxslarni biriktirish hamda ularga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ish haqi toʻlab borishni tashkillashtirish.
Uchinchidan, Daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalarining 2 foizigacha miqdordagi mablagʻlari ajratilishini taʼminlash.
Toʻrtinchidan, Ekilgan daraxt koʻchatlarini payhon qilinishini oldini olish va chorva mollaridan asrash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring