Daniya koronavirusga qarshi yana bir vaksinadan voz kechdi

02:34 05 May 2021 Dunyo
634 0

Daniya hukumati mamlakatda AQSHning “Johnson & Johnson“ kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini qoʻllashni taqiqlagan. Bu haqda mahalliy ”TV2” telekanali xabar bermoqda.

Ushbu qaror preparat qon quyuqlashishi — tromboz keltirib chiqarishi sababli qabul qilingan. Shunday qilib, Daniya hukumati ikkita vaksina — “Jonson & Jonson” va “AstraZeneca“dan voz kechgan birinchi mamlakatga aylandi.

Aprel oyi boshida AQSHning masʼul idoralari emlanganlarda tromboz paydo boʻlayotgani sababli “Jonson & Jonson” vaksinasidan foydalanishni taqiqlamoqchi edi. Mamlakatda 6,8 million nafardan ortiq vaksina olganlar orasida oltita ogʻir tromboz holati qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?