Dala yer maydonini soxta hujjatlar orqali oʻzlashtirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʻlimi tomonidan “A.P.” fermer xoʻjaligi rahbarining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Davlat kadastrlar palatasi Uzun tuman filiali mutaxassisi A.X. 3 nafar fuqaroga soxta hujjatlar asosida “A.P.” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan suvli yer maydoni uchun egalik huquqini beradigan kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 229-6-moddasi (sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring