“COVID-19”ning paydo bo‘lishiga oid yangi nazariya: bu safar u laboratoriya “mahsuli” ekani ishonch bilan aytildi

01:26 10 Oktyabr 2021 Dunyo
798 0

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlarda “COVID-19” patogenining kelib chiqishi haqida yana bir versiya ilgari surildi. Unga ko‘ra, koronavirus dastlab 2012 yil xitoylik konchida aniqlangan.

Koronavirusning yangi turi 2012 yilda xitoylik konchi tanasida paydo bo‘lgan va rivojlangan bo‘lishi mumkin. Xuddi shu versiyani “Bioscience Resource Project” ijrochi direktori Jonatan Latem ilgari surmoqda, deb yozmoqda “The Telegraph” gazetasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virus bir kishining tanasida uzoq vaqt bo‘lganida ko‘p mutatsiyaga uchrashi, evolyutsion sakrashlarini amalga oshirishi mumkin.

“Konchi organizmida SARS-CoV-2 paydo bo‘lishiga olib kelgan yuzlab mutatsiyalar yuz bergan. Bizning nazariyamiz shuni ko‘rsatadiki, shunday evolyutsiya 2012 yilda sirli kasallikdan keyin konchilar o‘pkasida sodir bo‘lgan va virus tarqalish paytida olingan tibbiy namunalar konchilardan olingan namunalar bilan bir xil chiqqan”, deydi Latem.

Nashrning aniqlik kiritishicha, 2012 yilda bir guruh xitoylik konchilar Yunnan provinsiyasidagi konda ko‘rshapalaklar qoldiqlarini buzib tashlashadi. Keyin ularning ayrimlari sirli kasallik bilan og‘rigan. Konchilardan olti nafariga pnevmoniyaga o‘xshash tashxis qo‘yiladi. Uch nafari vafot etadi, yana uch nafari olti oygacha kasalxonada muolaja olgan.

Oradan bir yil o‘tib, ayni shu hududda Uxan shahri olimlari RaTG13 koronavirusini topadilar va bu 96 foiz “COVID-19” keltirib chiqargan virusga o‘xshaydi.

"Kon atrofida koronaviruslar xilma-xil va ko‘p bo‘lgan hamda konchilarining baʼzilari uzoq vaqt kasalxonada yotgani bizga maʼlum. Ularni davolash olti oy davom etdi va bu yangi moslashgan koronaviruslarning evolyutsiyasiga olib kelgan”, deydi Latem.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konchidan olingan namunalari Uxandagi laboratoriyaga o‘rganish uchun yuborilgan. Aynan shu yerdan virus sizib chiqqan va bu pandemiyaga olib kelgan.

Virus 99 foiz laboratoriya tarqalgan

Ushbu nazariyadan so‘ng Amerika matbuotida koronavirus pandemiyasi laboratoriya “mahsuli” nazariyasiga oid yangi daʼvolar yana-da ko‘paydi.

Jumladan, “The Wall Street Journal” nashrida Kaliforniya universitetining faxriy professori Richard Myuller va “Atossa Therapeutics” asoschisi Stiven Kveyning fikrlari keltirilgan.

Illyustrativ foto

Mutaxassislarning taʼkidiga ko‘ra, pandemiya boshlanishidan oldin Xitoyning Xubey va Shansi provinsiyalarida O‘tkir respirator virusli infeksiyalari (ORVI) simptomlari bo‘lgan, ammo qo‘zg‘atuvchisi nomaʼlum kasallanish holatlari ko‘p qayd etilgan.

“Agar yangi koronavirus olimlar tomonidan yaratilgan bo‘lsa, u laboratoriyadan chiqmasdan oldin jamiyatda infeksiya holatlari kuzatilmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rganishlari davomida saqlangan namunalarni tahlil qilindi va ularda pandemiyadan oldingi infeksiyalar darajasi nolga teng bo‘ldi», deb yozadi nashr.

Olimlarning fikriga ko‘ra, barcha faktlar koronavirus laboratoriyadan sizib chiqqanini ko‘rsatmoqda, chunki uning evolyutsiyasini tezlashtirish uchun texnologiyalar ishlatilgan.

Shundan kelib chiqi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?