“COVID-19”ning Xitoy laboratoriyasidan tarqalgani haqida dalillar yoʻq — AQSH

02:29 05 Iyun 2021 Dunyo
910 0

Koronavirus Xitoydagi laboratoriyadan sizib chiqqandan soʻng butun dunyoga tarqalishini boshlaganligi toʻgʻrisida hech qanday dalil yoʻq. Ushbu fikrlarni AQSH Milliy sogʻliqni saqlash instituti rahbari Frensis Kollinz aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “Fox News”.

Telekanal efiridagi mutaxassis laboratoriyada biologik qurol sifatida “COVID-19” yaratilgani haqida oldin keltirilgan versiyalarga ishora qildi.

Uning fikriga koʻra, bu ushbu virus genomi haqidagi maʼlum maʼlumotlarga mos kelmaydi. Virus Xitoyning laboratoriyasidan xato tufayli tarqalib ketgan degan versiya haqida gapirar ekan, Kollinz garchi bunga dalil boʻlmasa ham, u buni hech qachon inkor qilmaganini aytgan.

Shuningdek, u favqulodda daʼvolar favqulodda dalillarni talab qilishini taʼkidladi.

AQSH Milliy sogʻliqni saqlash instituti rahbarining taʼkidlashicha, virusning laboratoriyadan tarqalishi haqidagi gipoteza gʻayrioddiy boʻlib, uni tasdiqlash uchun dalillar zarur.

“The New York Times” nashri AQSH razvedka xizmatlarida koronavirus manbasini aniqlashda yordam beradigan baʼzi maʼlumotlar mavjudligi haqida yozgan edi.

Nashrning yozishicha, razvedka ushbu holat boʻyicha hali oʻrganilmagan maʼlumotlarni qoʻlga kiritgan va uni yaxshiroq tahlil qilish uchun tadqiqotlar oʻtkazish zarur.

Gazetaga koʻra, bu yerda gap Uxan shahridagi laboratoriya ishchilarining harakati va u yerda koronavirus virusi tarqalishi kabi maʼlumotlar haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, Oq uy AQSH ittifoqchilaridan laboratoriya va uning ishi toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot olish uchun oʻz ittifoqchilarining razvedka tarmoqlariga kirib borishini kutmoqda.

Avvalroq, AQSH razvedkasi Uxan virusologiya institutining kamida uch nafar olimi 2019-yil noyabr oyida ogʻir xastalikka chalinganligini haqida dalillarga egaligi haqida maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?