"Covid-19"ning Buyuk Britaniya shtammi bolalarda qanday alomatlar bilan namoyon boʻlayotgani maʼlum qilindi

18:16 13 Yanvar 2021 Dunyo
345 0

Foto: РИА Новости

Koronavirusning Buyuk Britaniya shtammi bolalarda bir qator oʻziga xos alomatlar bilan kechmoqda.

“Express” nashri xabariga koʻra, ushbu shtammga chalingan bolalarning yarmidan koʻpi charchoqdan aziyat chekmoqda, aksariyati kamgap va odamovi boʻlib qolmoqda.

“Bolalarning 53 foizi bosh ogʻrigʻidan shikoyat qilishdi. Shu bilan birga, ularda qorin ogʻrigʻi ham kuzatildi”, deyishmoqda shifokorlar.

Taʼkidlanishicha, 37 darajadan yuqori harorat bolalarning deyarli yarmida qayd etilgan. Shuningdek, tomoqdagi ogʻriq ham infeksiyaning borligini koʻrsatishi mumkin.

Bemorlarning taxminan 35 foizida ishtaha yoʻqolishi kuzatilgan. Oʻz navbatida, bu alomat aksariyat hollarda bir yoshga toʻlmagan chaqaloqlar orasida kuzatilgan.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyi oʻrtalarida Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlanganligi haqida maʼlum qilindi. Uning asosiy xavfli tomoni boshqa shtammlarga qaraganda yuqumliroq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?