"COVID-19"ga qarshi vaksina olgan Pokiston prezidenti koronavirus yuqtirib olgan

19:51 30 Mart 2021 Dunyo
617 0

Foto: AP

Pokiston prezidenti Orif Alvi “COVID-19”ga qarshi vaksina olgan boʻlsada, infeksiyani yuqtirib olgan.

Bu haqda u oʻzining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida maʼlum qilgan. Qayd etishicha, u vaksinaning birinchi dozasini olgan. Antitanachalar esa, bir hafta oʻtgach qabul qilinishi lozim boʻlgan ikkinchi dozadan keyin paydo boʻla boshlaydi.

Manbaga koʻra, Orif Alvi 19-mart kuni, mamlakatda 70 yoshdan oshganlar guruhida birinchilardan boʻlib koronavirusga qarshi emlangan.

Oldinroq, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon koronavirusga qarshi emlangan boʻlsada, “Covid-19”ni yuqtirib olgani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, Ukraina bosh sanitariya shifokori Viktor Lyashko “AstraZeneca” bilan emlanganidan soʻng koronavirus bilan kasallangani maʼlum boʻldi. Uning aytishicha,  emlashdan 13 kun oʻtgach infeksiya bilan zararlangan. U qabul qilgan preparat Hindistonda ishlab chiqarilgan boʻlgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?