"COVID-19" tufayli dunyoda oʻlimlar soni ortib bormoqda. Osiyoda vaziyat murakkab — JSST

Foto: AP
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) “COVID-19”dan oʻlim holatlari koʻpayganini maʼlum qildi.
JSSTning haftalik epidemiologik byulletenida aytilishicha, soʻnggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus qurbonlari soni 11 foizga oshgan.
"Global miqyosda oltinchi haftada “COVID-19” bilan zararlanganlar soni ortmoqda. Xususan, oʻtgan haftada 4 milliondan ortiq yangi holatlar roʻyxatga olindi. Oʻlimlar soni ham avvalgi haftaga nisbatan 11 foizga oʻsdi va 71 ming nafardan ortiq inson hayotdan koʻz yumdi", deyiladi hujjatda.
Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, yetti kun ichida Janubiy-Sharqiy Osiyoda “COVID-19”dan oʻlimning oʻsishi 46, Shimoliy va Janubiy Amerikada 15, Sharqiy Oʻrta dengizi mintaqasida 7, Yevropada 2 foizni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Emlash roʻzani buzadimi? Fatvo hayʼati javob berdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
- Zoir Mirzayev va Qobil Tursunovga “hayfsan” berildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring