“COVID-19” okeanlarga kirib bordi, АQShda qunduzlarda infektsiya aniqlandi

16:09 19 Aprel 2021 Dunyo
961 0

Foto: Reuters

AQShning Jorjiya shtatida qunduzlarning “COVID-19” bilan zararlangan. Bu haqda Jorjiya shtatidagi akvarium matbuot xizmati xabar bermoqda. Manbaga koʼra, hayvonlarning nafas olish tizimida muammolar paydo boʼlgan. Ularda burun oqishi, baʼzilarida esa yoʼtal, charchoq kabi alomatlar kuzatilmoqda. 

“Ularning toʼliq tiklanishi kutilmoqda.. Qunduzlarlar tashrif buyuruvchilarga koʼrsatilmaydi va ular mutaxassislar nazorati ostida”, deyiladi xabarda.

Hayvonlar infektsiyani kasallik alomatlari sezilmagan akvarium xodimidan yuqtirib olgani aytilmoqda. Negaki, ular mehmonlar bilan bevosita aloqada boʼlmaydi.

Avvalroq Kanadadagi Dalxauzi universiteti tibbiyot maktabining patologiya kafedrasi olimlari dengiz hayvonlarini koronavirusni yuqtirish xavfi borasida xavotir bildirishgan edi. Mutaxassislarning fikriga koʼra, chiqindi suvlar bilan birga “SARS-CoV-2” virusi jahon okeanlariga tushib, uning hayvonot olamini zararlashi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?