“Covid-19” bilan kasallanish boʻyicha haftalik yangi rekord qayd etildi

Foto: Reuters
Oʻtgan hafta ichida dunyo boʻylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 5 million nafarga koʻpaygan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) epidemiologik vaziyat boʻyicha haftalik byulletenida maʼlum qilindi.
Manbaga koʻra, bu pandemiya boshlangandan beri qayd etilgan haftalik rekord oʻsish hisoblanadi. Oʻtgan haftada eng koʻp yangi holatlar Amerika qitʼasida roʻyxatga olingan. Bu yerda dunyo boʻyicha yangi kasallanish holatlarining 51, ushbu infeksiyadan oʻlim koʻrsatkichining 45 foizi qayd etildi. Umuman olganda, yakunlangan haftada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish soni Janubi-Sharqiy Osiyodan tashqari dunyoning barcha mintaqalarida koʻpaygan. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida noyabrdan beri pasayishi kuzatilmoqda.
Oʻtgan haftada yangi holatlar boʻyicha AQSH (1 786 773 ta), Buyuk Britaniya (417 620 ta), Braziliya (313 130 ta), Rossiya (165 167 ta) va Germaniya (142 861 ta) “yetakchi” boʻldi.
JSST tomonidan oldingi haftalik rekord 2020-yilning dekabr oyida qayd etilgan. Yaʼni, oʻtgan yilning 7-13-dekabr kunlari dunyoda 4,3 million kishi koronavirus bilan kasallangani maʼlum boʻlgandi. Oʻshanda yangi holatlar soni boʻyicha AQSH, Braziliya, Turkiya, Hindiston va Rossiya “kuchli beshlik”dan joy olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring