COP29 konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston va Chernogoriya davlat rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Boku shahrida BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha COP29 konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yigʻilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes forumi bilan birgalikda oʻtkazish taklif etildi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarni himoya qilish boʻyicha asosiy bitimlar tayyorlanadi, ustuvor yoʻnalishlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring