Sirdaryoda bir-biriga tutash qurilgan uylarda yongʻin sodir boʻldi

20:55 18 Sentyabr 2021 Jamiyat
881 0

Oqoltin tumanida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

Bugun, 18 sentyabr kuni soat 16:08da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Ahillik” MFY Bunyodkor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:25da yetib borib, yong‘in soat 16:28da o‘rab olingan va soat 17:15 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarning tahminan 190 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?