Chustda qariyb 7 ming quti sifatsiz tamaki savdosining oldi olindi

14:24 11 Noyabr 2025 Jamiyat
202 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “J.S.” xususiy korxonasining “Tinchlik” MFY hududidagi savdo doʻkonida korxona rahbari X.S. va sotuvchisi R.J.lar tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 76,3 million soʻmlik 6 ming 981 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?