Chorvachilik va pillachilikda ish oʻrinlarini yaratishga viloyat hokimlari shaxsan javobgar boʻladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Bugungi yigʻilishni oʻzim har bir viloyat va tuman koʻrsatkichlarini chuqur tahlil qilib oʻtkazayotganimning yana bir muhim sababi – 2022-yilda chorvachilikda kamida 300 ming, qoʻy-echkichilikda 150 ming, pillachilikda 1,2 million, jami 1 million 650 ming aholi bandligini taʼminlash boʻyicha barcha imkoniyat va zaxira mavjud”, dedi Prezident.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari viloyat yoki tumanda goʻsht, sut va tuxum mahsulotlariga talab qancha, bu talabni qondirish uchun 2022-yilda qanday tizimli ishlar qilish kerak, degan savollarga birorta hudud rahbarida aniq tasavvur yoʻqligini tanqid qildi.
Chorvachilik va pillachilikda bugungi vazifalarni bajarish va aytib oʻtilgan ish oʻrinlarini yaratishga shaxsan viloyat hokimlarining oʻzi masʼul va javobgar boʻlishi koʻrsatib oʻtildi.
Tuman hokimlari, agrar soha rahbarlari uchun chorvachilik, qoʻychilik, echkichilik, pilla va jun sanoati yoʻnalishida oʻquv seminari tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring