Chortoqlik alimentchi otaning qarzi maxsus jamgʻarma tomonidan toʻlab berildi

Foto: Xalq so‘zi
Albatta, vaqtincha toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan ota tomonidan qaytarish sharti bilan berilgan bu mablagʻ uning voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminotini oʻylab amalga oshirildi. Shu oʻrinda Davlatimiz rahbarining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni bilan Majburiy ijro byurosi huzurida “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilganini taʼkidlab oʻtish lozim. Mazkur jamgʻarma mablagʻlari voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment toʻlovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplab berishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilgan. Bunda qarzdorlikni qoplab berish uchun majburiy ijro harakatini amalga oshirgan davlat ijrochisining aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarori asos boʻlib hisoblanadi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2015-yil 9-apreldagi buyrugʻiga koʻra D.Sottixoʻjayevdan undiruvchi X.Sottixoʻjaveva foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati MIBning Chortoq tuman boʻlimi ish yurituviga kiritilib, tegishli harakatlar olib borilgan. Biroq, qarzdor jami 64 oy davr uchun hisoblangan 42 million 116 ming 832 soʻm aliment toʻlovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni toʻlamagani uchun dastlab maʼmuriy, undan soʻng esa jinoiy javobgarlikga tortiladi. Shundan keyin ham ijro harakatlari davomida qarzdorlikni undirish samarasiz boʻlgan.
Aynan yangi tashkil etilgan jamgʻarma qarzdor uchun imkoniyat taqdim etdi. Yaʼni, davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorlik jamgʻarma mablagʻlari hisobidan undiruvchi nomiga ochilgan plastik kartaga oʻtkazib berilishi taʼminlandi.
— Albatta, bunday imkoniyat yaratib berilgani uchun rahmat aytaman, — deydi qarzdor D.Sottixoʻjayev. — Toʻgʻrisi, aliment toʻlovlarni toʻlamay dastlab maʼmuriy, keyin jinoiy javobgarlikka tortildim. Chorasiz qolgan paytimda jamgʻarmaning yordami qoʻl keldi. Endi bu pullarni oʻz vaqtida qaytarish uchun astoydil mehnat qilaman.
Maʼlumot uchun, keyingi paytlarda boʻlimlar ish yurituvidagi jinoyat ishlari natijasida aliment toʻlovlari uchun yetkazilgan zararni undirish bilan bogʻliq jami 107,7 million soʻmlik 4 ta ijro hujjati boʻyicha qarzdorlik jamgʻarma hisobidan qoplab berildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring