Choʻmilishda har 10 bolaga bir nafar qutqaruvchi boʻlishi kerak

13:44 14 Iyul 2022 Jamiyat
349 0

Bolalarning choʻmilishidan oldin plyajni quyidagi tarzda tayyorlash zarur:

— plyaj akvatoriyasi tubini tekshirish;

— guruh choʻmilishi uchun ajratilgan uchastka chegarasining qirgʻogʻi chetlarini rangli qirgʻoq bayroqchalari yoki yaxlit toʻsiq (fal) bilan belgilash;

— choʻmilish uchun ajratilgan uchastka akvatoriyasi chegarasining butun perimetrini ishora qoziqlari, buylar, suvda qalqib turuvchi toʻsiqlar bilan belgilash;

— taxtachalarga qutqaruv vositalarini ilib qoʻyish;

— bolalarning har bir guruhiga xavfsizlik choralari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish;

— qutqaruvchi plyaj akvatoriyasi tashqarasiga qayiqda chiqishi va undan 2-3 metr masofada turishi kerak.

Choʻmilish paytida har 10 kishi hisobiga bir nafar qutqaruvchi suvda choʻmilayotgan bolalarning yonida turishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?