Chiroqchi tumanida “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, jinoyat toʻgʻrisida aniq bila turib, yolgʻon xabar bergan shaxslar qoʻlga olindi

14:06 07 Sentyabr 2021 Jamiyat
381 0

Chiroqchi tumani, “Dam” MFYda yashab kelayotgan X.U tanishi X.B bilan oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirib, u bilan bir guruhga birlashib, 2021-yilning 31-avgust kunidan 1-sentyabr kuniga oʻtar kechasi fuqaro M.Ening nomiga rasmiylashtirilgan, oʻzining foydalanuvida boʻlgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini Chiroqchi tumani, “Dam” MFYda yashash uyi oldidan shu qishloqda yashovchi Q.J.ning uyini orqa tomoniga boshqarib olib borib, avtomashinani ochiq holatda qoldirib, “102” operator raqamiga qoʻngʻiroq qilib, fuqaro X.U navbatchi operatorga goʻyoki “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini uyi oldida ochiq holatda qoldirilgani, kech soat 02:00larda avtomashinasini nomaʼlum shaxslar olib ketganligini bayon qilib, aybdor shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻrab, jinoyat toʻgʻrisida aniq bila turib, yolgʻon xabar bergan.

Fuqaro X.U “102” operator raqamiga qoʻngʻiroq qilganida operator tomonidan yolgʻon xabar berish, yaʼni Jinoyat kodeksining 237-moddasi va 238-moddalari bilan javobgarlik mavjudligi toʻgʻrisida ogohlantirilishiga qaramasdan, bila turib, yolgʻon xabar bergan.

Murojaat boʻyicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida toʻplangan hujjatlarga koʻra, “VAZ-2106” rusumli avtomashina nomaʼlum shaxslar tomonidan olib qochilmagani, aksincha avtomashina arizachi X.U tomonidan ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda, yashash uyidan uzoq joyga olib borib qoʻyilgani aniqlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan X.U va X.Blarga nisbatan Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?