Chirchiqda tadbirkorning 33 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

10:43 14 Sentyabr 2021 Jamiyat
305 0

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.S. “X.B.” MChJ rahbarining ishonchiga kirgan va pullarini o‘zlashtirgan.

Unga sherikchilik asosida chet-eldan qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar olib-kelib sotishni va shu orqali ko‘rilgan foydadan ma’lum qismini berib turishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan uning 33 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, olgan barcha pullarini “1XBET” internet o‘yinlarida yutqazib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?