Chirchiqda qiymati 50 million dollarlik yiliga 2,5 million dona boʻlgan alyumin qadoqlash korxonasi ishga tushadi
Yigʻilishda mamlakatimizda mashhur brendlar ostida mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.
Misol uchun, kelgusi yil oktyabrda Chirchiqda qiymati 50 million dollarlik yiliga 2,5 million dona boʻlgan alyumin qadoqlash korxonasi ishga tushadi.
Bu nafaqat salqin ichimliklar, balki kosmetika, maishiy kimyo, oziq-ovqat yoʻnalishidagi brendlar uchun tayyor xom ashyo bazasi.
Shu munosabat bilan oʻnlab nufuzli brendlar bilan ishlab, ularni Oʻzbekistonga olib kelish choralarini koʻrish topshirildi.
Umuman, brendlarni jalb qilish boʻyicha yangicha yondashuvlarni joriy qilinadi:
— nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash xarajatlari qoplab beriladi;
— mashhur brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, mahalliylashtirishni kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan ular uchun zarur boʻlgan barcha xom ashyolar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;
— mahsulotini kamida 30 foizini brend ostida ishlab chiqaradigan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyoz va yengilliklar beriladi;
— yirik brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan Oʻzbekistonda ishlaganlik uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring