Chirchiqda fuqaroning uyidan salkam 20 kilogramm giyohvandlik vositasi topilgandi. Tergov nima boʻldi?

11:16 18 Noyabr 2020 Jamiyat
174 0

2020-yilning 29-sentyabr kuni Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qora-dori” maxsus tezkor tadbir davomida, Chirchiq shahar Madaniyat koʻchasida xonadonlarning biri tekshirilganida, 39 yoshli fuqaro Xafiz A., xonadonning balkonida joylashgan stol tagida, 1 dona uch litr hajmli, 2 dona 1 litr hajmli, 1 dona 1,5 hajmli bankalarda, 1 dona 20 litr hajmli yelim chelakda, 1 dona 40 litr hajmli yelim chelakda, 1 dona yelimdan ishlangan kir yuvish togʻorasida jami 19.973,88 gramm miqdorda quritilgan maydalangan holdagi hamda xonadoni mehmonxonasida polietilen paket ichida yogʻda qovurilgan 63,06 gramm giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Sud-kimyoviy ekspertizada fuqaro Xafiz A. xonadonidan olingan idishlar ichidagi moddalar tarkibida faol giyohvandlik modda tetragidrokannabinol mavjud boʻlib, bu modda marixuana deb atalishi, uning sof ogʻirligi 19.973,88 grammni tashkil etishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 1-oktyabrda Xafiz A.ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25.273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining maʼlum qilishicha, dastlabki tergov jarayonida Xafiz A., oʻzining aybiga toʻliq iqror boʻlgan va unga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tergov harakatlari yakuniga koʻra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 2020-yilda 22-oktyabrda Jinoyat ishlari boʻyicha Chirchiq shahar sudiga yuborilgan.

Taʼkidlab oʻtish joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga koʻra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?