Chirchiqda belbogʻli kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 29-30-iyun kunlari Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yangidan barpo etilgan kurash zalida belbogʻli kurash boʻyicha 2001-2002-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bellashuvlari boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 200 nafarga yaqin polvonlar belbogʻli kurashning klassik va erkin yoʻnalishlarida kuch sinashishdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan chempionatning birinchi kunida reglamentga muvofiq, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Oʻzbekiston "Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Qodir Joʻrayev, Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, OʻzDJTSU rektori Mahmudjon Boltaboyev, Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Zuxra Mirgaziyeva, Chirchiq shahar prokurori Xayrulla Boʻriyev, Oʻzbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Bobur Mamirovlar ishtirok etishdi va musobaqa qatnashchilarini qizgʻin tabriklab, medallarni qoʻlga kiritishda omad yor boʻlishini tilashdi. Shuningdek, ochilish marosimiga taklif etilgan ushbu mehmonlar ishtirokida jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalar madaniyat saroyida tashkil etilgan universitet muzeyidan joy olgan belbogʻli kurash tarixiga oid eksponatlar bilan ham tanishishdi.
Murosasiz oʻtgan musobaqaning birinchi kunida oʻgʻil bolalar klassik yoʻnalishda 8 ta vaznda, qizlar esa 6 ta vazn toifasida kurash tushishdi. Chempionatning ikkinchi kungi bahslarida oʻgʻil bolalar erkin yoʻnalishda 8 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun bellashishdi.
Quyida gʻolib sportchilar bilan tanishing.
Oʻgʻil bolalar (klassik yoʻnalish)
57 kg. – Nodir Abdumalikov (OʻzDJTSU)
62 kg. – Azizbek Azimjonov (Fargʻona)
68 kg. – Oybek Sultonov (Andijon)
75 kg. – Nusrat Sultanboyev (Andijon)
82 kg. – Muhammadjon Rasulov (Andijon)
90 kg. – Oybek Muhammedov (Fargʻona)
100 kg.- Ilyos Obitjonov (OʻzDJTSU)
+100 kg. – Muhammad Vaxobov (Toshkent v.)
Qizlar (erkin yoʻnalish)
48 kg. – Moxigul Ibragimova (Namangan)
52 kg. – Farangiz Abdunabiyeva (Sirdaryo)
58 kg. – Biybigaoʻxar Polatbayeva (Qoraqalpogʻiston)
66 kg. – Maftuna Maxmudova (Andijon)
76 kg. – Zempira Azatova (Qoraqalpogʻiston)
+76 kg. – Munisa Nosirova (Namangan)
Oʻgʻil bolalar (erkin yoʻnalish)
57 kg. – Kamron Ortiqov (Toshkent v.)
62 kg. – Ismoil Umrzoqov (Namangan)
68 kg. – Fayozbek Abdugʻaffarov (Fargʻona)
75 kg. – Asadbek Rahmatov (Andijon)
82 kg. – Furqat Toʻlqinov (Toshkent v.)
90 kg. – Diyor Xudoyberganov (Xorazm)
100 kg. – Azizbek Toshpoʻlatov (Namangan)
+100 kg. – Azat Orыnbayev (Qoraqalpogʻiston).
Gʻolib va sovrindor qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari joriy yil sentyabr oyida Qozon shahrida (Rossiya) Birinchi MDH oʻyinlarida ishtirok etish, shuningdek, oktyabr oyida mamlakatimizda oʻtishi kutilayotgan jahon chempionatiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring