Chiqindilarni tashish va qayta ishlash sohasiga xususiy sektor jalb etiladi

Namanganda “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish” mavzusida respublika seminari boʻlib oʻtdi. Viloyat markazidagi “Axsikent” mehmonxonasida tashkil etilgan tadbirda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mutasaddilari, hududiy boshqarmalar rahbarlari, OAV vakillari hozir boʻldilar. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Seminar ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirok etdi.
— Joriy yil sentyabr oyida davlat rahbarining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, — dedi viloyat rahbari. — Mazkur hujjatni tarixiy qaror deb atasak boʻladi, chunki shu orqali tizimga davlat-xususiy sheriklik loyihalari kirib kelmoqda. Bu borada Namangan oʻziga xos namuna boʻladi. Xususan, viloyat markazidagi mahalliy aholini qiynab kelayotgan va ekologik vaziyat buzilishiga sabab boʻlayotgan chiqindi poligonini koʻchirish masalasi ham aynan shu tamoyillar asosida koʻrib chiqiladi.
Seminar davomida viloyat hokimligi, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda “Namangan musaffo iqlim” MCHJ oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash tadbiri boʻlib oʻtdi.
Sohada tub burilishni boshlab beradigan ushbu bitimni amalga oshirish natijasida aholini maishiy chiqindilarni tashish xizmati bilan 100 foiz foiz qamrab olish, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 38 foizga yetkazishga erishiladi. 800 taga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.
Tadbir davomida soha mutasaddilarining mavzu yuzasidan chiqishlari tinglandi. Mehmonlar viloyatda bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga 10 - avgustdan qabul jarayonlari boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring