Chiqindidan qarzi borlar toʻgʻridan-toʻgʻri elektr taʼminotidan uziladimi? (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilyapti” sarlavhali xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar mutlaqo notoʻgʻri talqin qilinmoqda.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, chiqindidan qarzi bor isteʼmolchi toʻgʻridan-toʻgʻri elektr taʼminotidan uzilmaydi. Aksincha, chiqindidan qarzdor isteʼmolchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgandan keyin 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, ushbu abonentning elektr energiyasi uchun toʻlov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov oʻrnatiladi.
“Isteʼmolchi tomonidan chiqindidan qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq vaqtinchalik cheklov darhol yechiladi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring