Chinozda “Nekciya-3” hamda «Damas» rusumli avtomobillar toʻqnashdi

Joriy yilning 2-may kuni soat 13:15larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumanidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 862-kilometrida, haydovchi, 1981-yilda tugʻilgan R.A. «Damas» rusumli avtomobilni boshqarayotib, yoʻlning oʻng tomonida, yoʻl yoqasida toʻxtab turgan, Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektori N.Yuldashevga biriktirilgan “Nekciya-3” rusumli, tezlikni oʻlchovchi moslamalar bilan jihozlangan avtomobilning orqa tomoniga borib urilib, YTH sodir etgan.
Natijada «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring