“Chinni bozori maʼmuriyati tadbirkorlardan paxta uchun noqonuniy pul talab qilmoqda"mi? — vaziyatga oydinlik kiritildi

14:08 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
261 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chinni bozori maʼmuriyati tadbirkorlardan paxta uchun noqonuniy pul talab qilmoqda" nomli murojaat tarzida eʼlon qilingan maqola yana bir bor isbotlanmadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

"Zangiota tumani hokimligi axborot xizmati xodimlari mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida joriy yilning 1-oktyabrida “Chinni bozori”da boʻlib, maqolada keltirilgan faktlarni oʻrganganligi, ayrim tadbirkorlar bilan suhbatlashganligi, lekin maqola oʻz tasdigʻini topmaganligi toʻgʻrisida avval xabar berilgandi.

Mazkur maqola respublikamizdagi oliy darajadagi komissiya tomonidan oʻrganib chiqilganda ham oʻz isbotini topmadi. Shu yilning 2-oktyabrida masalaga oydinlik kiritish maqsadida paxta yigʻim-terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, terimchilarga munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish boʻyicha mutasaddi vazirliklar rahbarlari ishtirokida tuzilgan respublika Ishchi guruhi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator M. Kadirxanova, Toshkent viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari O. Parpiboyeva va Zangiota tuman hokimining oʻrinbosarlari “Chinni bozori”da boʻlib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazishdi.

Murojaat nufuzli komissiya tomonidan oʻrganilganda ham oʻz isbotini topmadi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?