Chilonzorda oʻqishga kiritib qoʻyish va oʻqishni koʻchirib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “R.C.” MCHJ tasischisi va rahbari S.K. fuqaro M.ni goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 10 000 AQSH dollari evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyishga kelishib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.U. boshqa bir fuqaro A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Samarqand davlat chet tillar institutida tyutor vazifasida ishlovchi Sh.T. fuqaro F.ni 3 500 AQSH dollari evaziga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasining 1-kursini tugatganligi toʻgʻrisi hujjat tayyorlab berish orqali oʻzi ishlayotgan institutining 2-kursiga oʻqishga kiritib qoʻyishga kelishib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.S. boshqa bir fuqaro P.ni tanishlari yordamida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetning 2-kursini tugatganligi toʻgʻrisida hujjatlarni tayyorlab berish orqali Toshkent shahridagi universitetlarning biriga 3-kursiga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga oldindan kelishilgan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring