Chilonzorda “Lacetti” evakuator bilan toʻqnashib ketdi

20:02 11 Noyabr 2020 Jamiyat
616 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 11-noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasidagi avtomobil koʻprigi ustida, haydovchi 1998-yilda tugʻilgan L.A. “LACETTI” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotgan va qarama-qarshi boʻlakka oʻtib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1976-yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvidagi “IVECO” rusumli maxsus evakuator bilan toʻqnashgan.

Natijada “LACETTI” rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli L.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?