Chilonzor tumanida soxta shartnoma orqali uy-joy sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

16:00 23 Sentyabr 2022 Jamiyat
196 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Sh.X.” MCHJ rahbari Sh.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Sergeli tumani hududidan 9 qavatli turar-joy majmuasini qurayotganligini aytib, ushbu turar-joy majmuasidan 89 kv. metrli xonadonni 480 mln soʻmga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etib, 10 000 AQSH dollari va 130 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?