Chilonzor tumani Tirsakobod mahallasida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

12:00 05 Iyul 2022 Jamiyat
369 0

Poytaxtimizning Chilonzor tumani, Chorbogʻ koʻchasida joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash moslamasida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 

Shu sababli 2022-yil 5-iyul kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha “Tirsakobod” MFYda gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?