Chetdan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik toʻxtatiladi

18:01 01 Iyun 2022 Jamiyat
513 0

Foto: Illustrativ foto

“Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–145-son, 31.05.2022-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2022-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvargacha bir qator tovarlarni (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilandi.

2022-yil 1-iyundan quyidagilarni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlandi:

— oʻsimlik yogʻi, shu jumladan paxta, kungaboqar yogʻi;

— kungaboqar urugʻlari hamda boshqa yogʻ oʻsimliklarining urugʻlari va mevalari.

2023-yil 1-yanvargacha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar hamda Oʻzbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik toʻxtatiladi.

2022-yil 1-avgustgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qoʻshimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmi joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?